Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:49

Quva hokimi OzodSuhbatda: Andijon yo‘li qachon ochilishi noma’lum (AUDIO)


Andijon va Farg‘ona shaharlari o‘rtasidagi eng qisqa yo‘l hanuz yopiq qolmoqda
Andijon va Farg‘ona shaharlari o‘rtasidagi eng qisqa yo‘l hanuz yopiq qolmoqda

Quvaliklar Mustaqillik kunini qanday bayram qildi? Shahrixon-Quva yo‘lini to‘sishga kim buyruq bergan? "Ikki qo‘shni viloyat hokimlarining o‘zaro munosabatlari buzilgani yo‘l to‘silishiga sabab bo‘ldi", degan gaplarda qanchalik jon bor? Quvada ham bitiruvchilardan ishga kirganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilinyaptimi? Quvaning “Temir daftari qancha kambag‘al qayd etilgan?

Quva tuman hokimi Ravshan Qurbonov (Tuman hokimligi rasmiy saytidan)
Quva tuman hokimi Ravshan Qurbonov (Tuman hokimligi rasmiy saytidan)

Ozodlikning shu va boshqa savollariga Farg‘ona viloyat, Quva tuman hokimi Ravshan Qurbonov javob berdi.

Andijon viloyatining katta qismi, xususan viloyat markazi, Shahrixon va Asaka shaharlari va bu shaharlar atrofidagi yuzlab qishloqlar aholisini Farg‘ona shahri bilan bog‘lovchi eng qisqa, eng optimal yo‘l Quva tumani orqali o‘tadi. Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan karantin tufayli yopilgan bu yo‘l hanuz yopiq qolmoqda. (Ayni paytda 373- O‘sh-Toshkent magistral yo‘li ochiq)

Hatto ba’zi qo‘shni davlatlar o‘zbekistonliklar uchun o‘z chegarasini ochayotgan bir paytda nega ikki qo‘shni viloyat o‘rtasidagi yo‘l avtotransport uchun yopiq qolmoqda? Bu savol Quva hokimi Ravshan Qurbonov bilan o‘tkazilgan suhbatning o‘zagini tashkil qildi.

Қува ҳокими OzodSubatда: Фарғона-Андижон чегараси қачон очилиши номаълум
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:30 0:00
Бевосита линк

Quva hokimi Ravshan Qurbonov Mustaqillik kuni bilan bog‘liq bayram tadbirlari epidemiyaga qarshi kurash sharoitida tumanda qay shaklda o‘tkazilganini aytib berdi.

Shundan so‘ng Ravshan Qurbonovdan Quva-Shahrixon yo‘lidagi vaziyat to‘g‘risida batafsil so‘radik. Hokim aytganlarining ba’zi muhim nuqtalari:

  • Yo‘l ochilgani yo‘q. To‘g‘ri, chegara hududdamiz. Bu yo‘l davlat ahamiyatiga ega, serqatnov yo‘q. Karantin davri talablari bilan yo‘lning ikki viloyat chegarasi atrofidagi qismida o‘tkazilgan ishlar chog‘ida yo‘lga zarar yetgan. Shu kunda ta’mirlash ishlari olib borilyapti va shuning uchun yo‘l yopiq turibdi. Ta’mirlanishi lozim bo‘lgan masofa 8 km.
  • Yo‘lning yopiqligi Quvadagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq emas. Kasalga chalinganlarning barchasi sog‘aygan. Tumanni “yashil hudud” deb hisoblasa ham bo‘laveradigan darajada.
  • Yo‘lni ochmay turish to‘g‘risida hech kim, na Quva tuman hokimi, na Farg‘ona viloyat hokimi qaror qabul qilgan. Yo‘l ochilishiga monelik qilayotgan birgina sabab uning ta’mirtalabligidir.
  • G‘aniyev (Farg‘ona viloyat hokimi) va Abdurahmonov (Andijon viloyat hokimi) o‘rtasidagi munosabatlar buzilgani oqibatida yo‘l yopilib qoldi, degan gaplar asossiz. Men buni oddiy inson sifatidayam, rahbar sifatidayam bilaman.
  • Yo‘l falon kuni ochiladi, deb aniq ayta olmayman. Ta’mir ishlari qachon bitishiga bog‘liq.

Ishga yoki o‘qishga joylashgani to‘g‘risida bitiruvchilardan ma’lumotnomalar talab qilinmayotgani to‘g‘risida

Ozodlik Farg‘ona viloyatida maktab direktorlari bitiruvchilardan o‘qishga hujjat topshirgani haqida tasdiqnoma, o‘qishga hujjat topshirmagan maktab bitiruvchilaridan esa ishga joylashgani to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilayotgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Quva hokimi Ravshan Qurbonov bunday dedi:

  • Bizda bunday holat bo‘lmadi. Bunga hojat ham yo‘q. Yozdirib olgan bilan bola o‘qishga kirib qolmaydi.
  • Bu yil tumanimiz maktablarini 2800 yigit-qiz bitirdi. O‘tgan yili ba’zi maktablarimiz bitiruvchilarining 80 foizi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan. Ayrimlarida 30 foizi kirdi.
  • Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash ustida bosh qotiryapmiz.

“Temir daftar” haqida Quva hokimi Ravshan Qurbonov bunday dedi:

  • Yil boshida tumanning kambag‘allik “temir daftar”iga 1983 ta oila kiritilgan. Tuman aholisi 257 ming kishi. “Temir daftar” ga kiritilganlardan 1500 kishi ishga joylashtirildi yoki ularning oilaviy tadbirkorligi yo‘lga qo‘yildi. Bular o‘z ixtiyori bilan shu kunda daftardan chiqarildi.

Hokimlar va velosiped haqida

Quva hokimi Ravshan Qurbonov bilan suhbatni yozib olish arafasida ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayevning bir necha kishi bilan velosipedda sayr qilayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.

Velosiped mavzuida Quva hokimi Ravshan Qurbonov bunday dedi:

  • U suratlarni men ham ko‘rdim. Har kimning o‘z ishi. "Shunday bo‘lsin, ommaviy bo‘lsin", degan gap-so‘z yo‘q.

XS
SM
MD
LG