Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:55

Turon24: Xorijdagi muxolifat vakillariga ham, hukumatga ham birdek minbar berishga tayyormiz.


Turon24 agentligining Bosh muharrir o‘rinbosari Dilshod Saidjonov.
Turon24 agentligining Bosh muharrir o‘rinbosari Dilshod Saidjonov.

8 sentabr kuni Toshkentda mustaqil va nodavlat ommaviy axborot vositasi sifatida taqdim qilingan Turon24 axborot agentligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zekspomarkaz»da estrada yulduzlari va jurnalistlar ishtirokida ochilgan Turon24 vakillari “xalqqa tez va ishonchli xabarlar beradigan” agentlik bo‘lajagi haqida va’da berishdi.

Turon24 agentligi Siyosat bo‘limi mudiri Sardor Salim o‘zining facebokdagi sahifasida “Nashr millatning bir-biri bilan gaplashish imkonini yaratish uchun maydonga chiqdi”, deb yozdi:

"Biz O‘zbekistonda bir-birimiz bilan deyarli gaplashmaymiz. Muammomiz ham shundan. Bahs qilayotganlarning biri monolog aytadi¸ ikkinchisi qulog‘ini bekitib oladi. Lekin millat bugun matbuot sahifasi yoki parlament debatlarida o‘zaro bahslashmasa ertaga ko‘chada “bahslashadi”.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida OAV sifatida ro‘yxatga olingan¸ 200 dan ziyod jurnalistni birlashtirgan Turon 24 agentligi Bosh muharrir o‘rinbosari - Dilshod Saidjonov Ozodlik radiosiga bergan eksklyuziv suhbatida “Nashrimiz millatning barcha qatlamlariga shu jumladan muxolifatning konstruktiv takliflariga minbar” beradi dedi:

- Mamlakatdan chiqib ketgan siyosiy muxolifat vakillariga ham, hukumatga ham birdek minbar berishga tayyormiz. Hozirning o‘zida har ikki tomonga ham o‘z pozitsiyasini bildirish imkonini yaratish ustida ishlayapmiz. Agar chet eldagi muxolifat faolida umumiy emotsional gap yoki pafos emas¸ balki aniq¸ konkret¸ konstruktiv taklif bo‘lsa, ularga minbar berishga tayyormiz.

Dilshod Saidjonov Turon 24ning O‘zbekiston media bozoridagi o‘rni va boshqalardan farqiga ham to‘xtaldi:

- Mamlakatdagi mavjud nashrlar original kontent yaratmasdan bir-biridan yoki tashqaridagi nashrlardan ko‘chirib yoki tarjima qilib qo‘ya qolishadi. Buni biz kamchilik sifatda ko‘rdik va bu yo‘ldan bormaslikni ma’qul ko‘rdik. Biz davlat organlari¸ vazirliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab, aniq axborotlar asosida media kontent yaratishni rejalaganmiz. Shu axborotlar asosida taxliliy maqolalar ham qilamiz.

Ozodlik muxbirining "Turon 24 nashrida cheklangan yoki “tabu” qo‘yilgan mavzular bormi? Prezident yoki boshqa mulozimlarni ham tanqid qilasizlarmi? degan savoliga suhbatdoshimiz “Bizda cheklov yo‘q”, deb javob berdi.

Турон24 агентлигининг бош муҳаррир ўринбосари Дилшод Саиджонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:42 0:00
XS
SM
MD
LG