Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:29

OzodMikrofon: "Davlat ishida nogiron bo‘lganlar himoyasiz qoldi"


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 1-guruh nogironi Berdiyor Mo‘minov 1993 yilda Ingichka kon boshqarmasida shaxtyor bo‘lib ishlagan paytda tosh bosib qolib, bir umrga falaj bo‘lib qolgani¸ ammo korxona bankrotga uchragani bois o‘ziga tovon puli to‘lanmay qolganidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, korxonada ishlab, turli yillarda xizmat paytida jarohat olgan qariyb 50 nafar konchi ham ijtimoiy himoyasiz qolgan.

Berdiyor Mo‘minovning aytishicha, o‘tgan yili Xo‘jalik sudi korxonani bankrot deb e’lon qilganidan so‘ng, o‘zi kabilarga tovon puli to‘lash qonun bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi va Moliya vazirligi ixtiyoriga yuklatilgan.

"Lekin jamg‘arma ham, vazirlik ham davlat ishida majruh bo‘lgan nogironlarga tovon pulini to‘lashdan bosh tortayapti. Oqibatda, birinchi guruh mehnat nogironlarining kuni 250 ming so‘mlik pensiyaga qolgan"¸ deydi Ozodlikka murojaat qilgan Mo‘minov.

Berdiyor Mo‘minov OzodMikrofon ga ana shu haqda gapirdi:

Каттақўрғонлик 1-гуруҳ меҳнат ногирони Бердиёр Мўминов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:32 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG