Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:37

"Zaxiradagi diplomatik aerodrom". Mirziyoyev Turkiy sammitdan qanday maqsadni ko‘zlagandi?


TDTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning ilk sammitida. Samarqand, 11-noyabr, 2022-yil
TDTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning ilk sammitida. Samarqand, 11-noyabr, 2022-yil

10-11-noyabr kunlari Samarqandda Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirokida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tdi.

Siyosatshunos Rafael Sattorov “Nastoyashcheye vremya”ga bergan intervyusida ushbu sammitga zaruratni bir necha omil bilan izohlaydi. Jumladan, prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonni dunyoga yangicha formatda taqdim etish, xalqaro siyosatda yangi o‘yinchiga aylantirish istagi.

-Nazarimizda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi paytlarda tashabbusni o‘z qo‘liga olib, nafaqat o‘z mamlakatida, balki butun mintaqada lider bo‘lib olishga intilayotgandek. Siz nima deysiz?

Rafael Sattorov: Mirziyoyev O‘zbekistonda Yangi O‘zbekistonni qurmoqda, binobarin mamlakat o‘zini yangi formatda – xalqaro siyosatdagi yangi o‘yinchi o‘laroq namoyish etmog‘i lozim. Biroq men Mirziyoyev Markaziy Osiyo liderligiga intilyapti, demagan bo‘lardim. Ammo, rost, u hurmat-e’tiborli hamkor va xalqaro darajadagi muhtaram prezident bo‘lishni, Markaziy Osiyo doirasidan tashqariga chiqishni va boshqa formatlarda qandaydir tashabbuslarni ilgari surishni istaydi, albatta. Shu bois ham u Yangi O‘zbekiston g‘oyasini, yangicha yondashuvlarni o‘rtaga tashladi, o‘zini yangicha fikrlovchi rahbar sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lyapti. Bu karimovchilik emas.

-Sammitda asosan tantanavor gaplar aytildi. Shunday bo‘lsa ham ayting-chi, bu tadbir muhimmidi yoki u navbatdagi siyosiy bazmmi?

Rafael Sattorov: Unisi ham, bunisi ham to‘g‘ri. Birinchi galda bu avvalo, katta siyosiy gurung – bir necha turkiy davlatda elektoral jarayonlar boshlanishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbir. Men Turkiya bilan Qozog‘istonni nazarda tutyapman. Turkiy davlatlar sammiti dolzarbligini yo‘qotgan eski yig‘inlar o‘rnini egallagan yangi global siyosiy tadbirga aylandi.

Ikkinchidan, bu u yoki bu diplomatik izolyatsiyadan chiqishga yordam beruvchi maydondir. Sammit – diplomatiyaning ko‘pvektorliligi ko‘rsatkichi yoki ishtirokchi davlatlar, xususan Turkiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun “zaxiradagi diplomatik aerodrom” kabi. Ular turkchilik omilini yoki turkiylar hamkorligi ruhini istaganda kuchaytirib yoki pasaytirib turishlari mumkin. Shu nuqtai nazardan mazkur tuzilma ham siyosiy gurung, ham diplomatik izolyatsiyadan chiqish vositasi o‘laroq qo‘llanmoqda. Ayniqsa, o‘z pozitsiyasini dunyoga 5etkazish uchun turli xalqaro minbarlarga muhtoj davlatlar, masalan, Ozarbayjonga u juda zarur.

- “Rossiya Ukrainaga qarshi urushda o‘ralashib qolganidan foydalanib, boshqa davlatlar undan siyosiy masofalanishga harakat qilishi va o‘zaro aloqalarini kuchaytirishi kerak”, degan fikrda jon bormi?

Rafael Sattorov: Jon bor. Biroq Rossiyadan masofalanishga harakatlar shusiz ham bo‘layotgan edi.

Qozog‘iston va Ozarbayjonning iqtisodiy aloqalari dinamikasini kuzatsangiz, Qozog‘iston eksport transport imkoniyatlari cheklanib qolgach Ozarbayjon bilan hamkorlikni kuchaytirganini ko‘ramiz: hozirda ikki mamlakat transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa qator sohalarda birga ishlamoqda. Demoqchimanki, bu ishlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtalayotgan turkiylar integratsiyasi g‘oyasisiz ham qilish mumkin, iqtisodiy manfaatlar taqozo etganda hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laveradi.

Boshqa tarafdan, turkiylar birligi omili Erdo‘g‘onning o‘ziga ham doim Turkiyada prezident yoki parlament saylovi o‘tkazilishi arafasida kerak bo‘lib qoladi. Erdo‘g‘on biron partiya, masalan, MNR (Milliyetçi Hareket Partisi – Milliyatchi harakat partiyasi) bilan koalitsiya tuzishga majbur bo‘lsa, ba’zida ularga yoqish uchun turkiylar mavzusiga yaqinligini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Aslida esa Turkiya prezidenti, tashbeh bilan aytadigan bo‘lsak, turkiylar ko‘chasining emas, arablar mahallasining bolasi: u arab dunyosi ishlariga, muammolariga qattiq berilgan, ularni – turkiy davlatlar va turkiylar muammolaridan ko‘ra ancha chuqur tushunadi.

Самарқанд саммити: Мирзиёев туркий давлатлар лидерларини кутиб олмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:14 0:00

-Turkiya turkiy dunyo lideri o‘laroq Markaziy Osiyoda Rossiya o‘rnini egallashni istaydi, deyish mumkinmi? O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bunga qarshi bo‘lmasa kerak?

Rafael Sattorov: O‘zbekiston bilan Qozog‘istonga ulardan hech biri mintaqaga burun suqmasa va u yerda liderlik da’vo qilmasa yaxshiroq bo‘lur edi. Markaziy Osiyo o‘zining “Monro doktrinasi”ni ishlab chiqishi zarur, toki barchaga “Markaziy Osiyo ishlari – Markaziy Osiyo davlatlarining ishi”, deb aytish imkoni bo‘lsin.

Biroq Turkiyadan tashqari Xitoy ham bor. U ancha yaqqolroq va aniqroq o‘yinchi: moliyaviy va harbiy yordam hamda fuqarolarni nazorat qilishga yordam beradigan raqamli texnologiyalar taqdim etish bilan Markaziy Osiyodagi mavqeini juda mustahkamlab olgan.

XS
SM
MD
LG