Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:24

Turkmaniston: Yangi yil archalari olib tashlandi, imomlar "isrofgarchilik"dan ogohlantirmoqda


Ashhobodda Yangi yil bayrami. 2023-yil.
Ashhobodda Yangi yil bayrami. 2023-yil.

Turkmaniston viloyatlari rasmiylari ko‘chalardan bezatilgan Yangi yil archalarini olib tashlamoqda, davlat tomonidan tayinlangan imomlar esa o‘z jamoatlariga 2024-yil uchun bong urish Islom diniga to‘g‘ri kelmasligini aytishgan.

Bu harakatlar avtoritar Turkmanistonning so‘nggi yillarda o‘tkazgan juda dabdabali Yangi yil bayramlaridan keskin farq qiladi.

Shimoli-sharqiy Lebap viloyati markazi Turkmanobodda dekabr oyining birinchi haftasida hukumat binolari, mehmonxonalar, shifoxonalar, vokzal va shahar bog‘i oldiga o‘nlab yirik Yangi yil archalari o‘rnatildi.

Shu bilan birga, davlat xizmatchilari bezaklar sotib olish, daraxtlar va boshqa bezaklarni o‘rnatish maqsadida kranlarni ijaraga olish uchun taxminan 14 AQSH dollari miqdorida hissa qo‘shishga majbur bo‘ldilar.

Туркманлар қашшоқлик ва қатағондан Ўзбекистонга қочмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:21 0:00

Ammo oradan bir necha kun o‘tib rasmiylar bezatilgan archalarning ko‘p qismini olib tashladi, “Oq yurt” ijtimoiy-madaniy markazi, viloyat kutubxonasi, savdo markazi va davlat bayrog‘i yonidagi ko‘zga ko‘ringan joylarda oltitasini qoldirgan.

Biroq rasmiylar xodimlardan to‘plangan pulni qaytargani yo‘q, deydi Ozodlik bilan suhbatda bir qancha davlat xizmatchilari. Viloyat hokimiyati Yangi yil archalarini olib tashlash bo‘yicha hech qanday izoh bermagan.

Noodatiy va’zlar

Ayni paytda, g‘arbiy Bolqon viloyatida davlat imomlari jamoaga daraxtlarni bezash, «dabdabali» ziyofatlar uyushtirish va Yangi yil bayramini nishonlash turkmanlarning mutlaq ko‘pchiligi dini bo‘lgan Islomga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqda.

"Yangi yil arafasida xalqimiz cho‘chqa go‘shti yeydi, spirtli ichimliklar ichadi va ortiqcha ovqat pishiradi, bu esa bizning e’tiqodimizga zid bo‘lgan isrofgarlikdir", deya imom so‘zlaridan iqtibos keltiradi viloyat markazi Bolqonobodda yashovchi bir kishi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z nomini oshkor etishni istamagan bu odamning aytishicha, imom shunday qo‘shimcha qilgan: “Turkmanlarning kamida 95 foizi jamg‘argan pullarining katta qismini Yangi yil kechalariga, yarim butilka konyakka taxminan 285 dollar sarflaydi."

Mahalliy aholi imomlarning Yangi yil bayramiga qarshi va’zlarini misli ko‘rilmagan, deb atamoqda.

Dekabr oyi boshida juma namozida qatnashgan ko‘plab odamlar Ashhobod hukumatining ko‘magi, hatto ko‘rsatmasi bo‘lmasa, bunday o‘zgarish bo‘lmasdi demoqda. Qattiq nazorat ostidagi Turkmanistonda imomlar hukumat tomonidan tayinlanadi.

Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan ba’zi turkmanlar imomlarning dadil tanqidlari va hududlarda Yangi yilga tayyorgarlik ko‘lami pasaygani sababi yangi prezident Serdar Berdimuhamedov otasidan ko‘ra diniy konservativroq ekanligidan deydi.

42 yoshli Serdar Berdimuhamedov 2022-yil martida bo‘lib o‘tgan saylovlarda prezident lavozimini egallagan. Turkmanistonni 15 yildan ortiq boshqargan otasi bayram munosabati bilan dabdabali paradlar, kechalar va konsertlar uyushtirardi.

Ammo poytaxtda hozircha tayyorgarlik avjida

Biroq 15-dekabr kuni bayram mavsumi rasman boshlangan poytaxt Ashhobodda Yangi yilga tayyorgarlik odatdagidek davom etmoqda.

«Alem» madaniy-ko‘ngilochar markazida balandligi 44 metr, eni 16 metr bo‘lgan mamlakat bosh archasidagi chiroqlar yoqildi, deya xabar beradi davlat matbuoti. Poytaxtda yana ko‘plab konsertlar, ko‘cha yarmarkalari va kechalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Belgilangan shaklda kiyingan yuzlab ishchilar va talabalar turli tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ashhoboddagi ba’zi ota-onalar boshlang‘ich maktablarda o‘qiyotgan farzandlarini hukumat rasmiylari Yangi yil bayramida ishtirok etishi uchun tanlamaganidan xafa.

Tadbirlarda bolalar she’r o‘qiydi, qo‘shiq kuylaydi, raqsga tushadi, ba’zilarida mamlakat prezidenti va boshqa nufuzli shaxslar ishtirok etadi.

Ota-onalarning «Ozodlik» radiosiga aytishicha, amaldorlar va o‘qituvchilar bayram tadbiriga ayrim bolalar “katta burni” yoki “ko‘zlari qisiqligi” uchun olinmaganini ochiq aytishgan.

“Ular bolalarning dilini og‘ritdi... Bolalarni sinfdoshlari oldida kamsitishdi”, deydi ashhobodliklardan biri.

Boshqa bir ota-onaning aytishicha, ko‘plab bolalar tashqi ko‘rinishi haqida salbiy fikrlarni eshitib yig‘laganlar.

Qizi bayram tantanasida qatnashadigan ota-onalardan birining aytishicha, hatto tanlanganlar ham baxtsiz. Uning aytishicha, ota-onalar farzandlari spektakllarga kiyib borishi uchun qimmatbaho liboslarga pul to‘lashlari kerak.

Onaning aytishicha, u farzandining konsert kostyumi uchun taxminan 570 dollar to‘lagan.

Bir guruh ota-onalar maktab rahbariyatiga kostyumlarni sotib olishga puli yo‘qligini aytib shikoyat qilishgan. Maktab mutasaddilari bu xarajatlar evaziga “bolalarga test sinovlarida yuqori ball va faxriy yorliqlar berishlarini” aytishgan.

Ozodlik Turkmaniston rasmiylariga izoh so‘rab murojaat qildi, biroq javob olmadi.

XS
SM
MD
LG