Линклар

Шошилинч хабар
17 декабр 2024, Тошкент вақти: 03:00

Tojik-qirg‘iz chegarasida yana qonli mojaro


Tojikiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegarada 14-sentabr tongida sodir bo‘lgan otishmada tojikistonlik ikki nafar chegarachi halok bo‘lgan, yana ikki nafari tan jarohati olgan.

Tojikiston va Qirg‘iziston tomoni bu voqeaning sodir bo‘lishida bir-birini ayblamoqda.

Tojikiston chegara qo‘shinlari tarqatgan xabarda yozilishicha, 14-sentabr ertalab soat 07:15 da Qirg‘izistonning “Buloqboshi” chegara postidan Tojikistonning “Kex” chegara nazorat-o‘tkazish punktiga hech qanday sababsiz minomyotdan 4 ta mina otilgan, tojik chegarachilari PK, AK va boshqa o‘qotar qurollardan o‘qqa tutilgan.

"Asia-Plus"agentligining Isfara shahar markaziy shifoxonasidagi manbasining xabariga ko‘ra, shuningdek tojikistonlik 6 nafar chegarachi va 5 nafar mahalliy aholi vakili yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan.

"Asia-Plus"ning Vorux qishlog‘idagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, 14-sentabr kuni ertalab qirg‘iz chegarachilari tomonidan yaralangan 26 yoshli tojik askari bugun tushdan keyin qon yo‘qotib, shifoxonada vafot etgan:

"O‘lganlardan biri 29 yoshli askar. U qirg‘iz "snayperi" tomonidan o‘ldirilgan. Yana bir askar 26 yoshda, o‘rta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga chaqirilgan, og‘ir yaralangan va qon ketishi oqibatida vafot etgan. 6 nafar jabrlanuvchidan to‘rt nafari Isfara shahar markaziy kasalxonasiga, yana ikki nafari Vorux jamoasi kasalxonasiga yotqizilgan”.

Ozodi radiosining ishonchli manbasi Isfara shahar markaziy kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga hozirgacha Voruxdan 3 nafar yarador olib kelingani va ularning ahvoli og‘ir ekanligini aytdi.

Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati 14-sentabr kuni tushdan keyin ikki qirg‘iz chegarachisi yaralanganini tasdiqladi.

“Minomyotdan otilgan minaning portlashi natijasida bir chegarachi engil tan jarohati, ikkinchi chegarachi esa kontuziya olgan”, — deyiladi Qirg‘iziston rasmiy xabarida.

Ayrim aholi vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari video jo‘natib, Chorqishloq va Chorko‘h tumanlarida bir necha tank va harbiy texnika tayyor holatda ekanligi haqida ma’lum qildi.

Чоркўҳ қишлоғида танклар.
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:20 0:00

Voruxliklarning ba’zilari otishma ovozi yo‘qligini, biroq vaziyat xavotirga solayotganini aytishadi.

Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari matbuot xizmatining yozishicha, 14-sentabr kuni tushdan keyin tojik chegarachilari “Dostuq” chegara posti tomonga qarata o‘t ochgan. "Qirg‘iz chegarachilari bunga javoban o‘t ochdi. Otishma davom etmoqda", - deya xabar bergan Qirg‘iziston chegarachilari.

Qirg‘iz chegarachilari esa bu voqeada tojik chegarachilarini gunohkor deb iddao qilmoqda. Qirg‘iziston tomoni esa tojik chegarachilarini “chegaraning aniqlanmagan hududida jangovar pozitsiyani egallaganlikda” aybladi.

"Tojikiston chegarachilari hududni tark etish talabini rad etib, o‘t ochishdi. Bunga javoban qirg‘iz chegarachilari ham qurol ishlatgan", - deya xabar beradi Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.

Qirg‘iziston tomoni tojik chegarachilari bugungi mojaroda minomyotlardan foydalanganini da’vo qilgan. Tojikiston chegara xizmati Qirg‘iziston tomoni voqea joyiga qo‘shimcha kuch yuborganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati, shuningdek kunduzi Tojikiston bilan chegara - Ko‘k-Say qishlog‘i va Botken viloyatining Paski-Ariq tumanida otishma bo‘lib o‘tgani haqida xabar berdi.

Ammo bu hududlarda o‘lgan va yaradorlar haqida ma’lumot yo‘q.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara vakillari muzokara olib bormoqda. Ular sodir bo‘lgan otishma holatlariga oydinlik kiritish uchun voqea joyini aylanib chiqishadi.

So‘nggi bir yildan beri Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasi Markaziy Osiyodagi eng nizoli hududlardan biriga aylandi.

Тожик-қирғиз чегарасидаги қонли воқеаларга бир йил тўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:18 0:00

Shu yilning 27-yanvar kuni ikki davlat chegarasida bir necha soat davom etgan otishma chog‘ida Tojikiston tomonidan ikki kishi o‘lgan va 10 kishi yaralangan. Qirg‘iziston esa kamida 12 kishi yaralanganini bildirgan.

Chegaradagi eng yirik to‘qnashuv 2021-yilning aprel oyi oxirlarida sodir bo‘ldi. U “Golovnoy” suv taqsimlash obyekti joylashgan hudud uchun janjaldan kelib chiqqan. Bir necha kun davom etgan qurolli to‘qnashuv oqibatida qirg‘iz tomonidan 36 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi, 154 kishi yaralandi. Tojikiston hukumati esa rasman 19 nafar qurbon va 87 nafar yarador haqida xabar bergan.

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 970 kilometrlik chegaraning deyarli yarmi aniqlanmagan va belgilanmagan va shu sabab chegaraning ikki tomonida yashovchilar o‘rtasida suv, yer va yaylov uchun mojaro ko‘p kelib chiqadi.

XS
SM
MD
LG