Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:43

Rossiyada Navalniy tarafdorlaridan kamida 4 minggi qo‘lga olindi (VIDEO)


Moskvadagi namoyishda olingan fotosurat.
Moskvadagi namoyishda olingan fotosurat.

31 - yanvar kuni o‘n minglab rossiyalik hibsda saqlanayotgan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni ozod qilish talabi bilan namoyishga chiqdi.

Muxolifatchi Navalniy shu yil 17 - yanvar kuni Berlindan Moskvaga uchib kelishi bilan qo‘lga olingan. Germaniyaga u o‘tgan yil yozida «Novichok» moddasi bilan zaharlanishi ortidan olib ketilgan va o‘sha yerda davolangandi.

Navalniy Rossiya poytaxtida qo‘lga olinganidan bir kun o‘tgach, u 30 kunlik hibs muddatini o‘tash uchun «Matrosskaya tishina» tergov hibsxonasiga yo‘llangan.

Bu hodisa ortidan 23 - yanvar kuni Rossiya bo‘ylab Navalniy himoyasiga ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi, ularda qatnashgan 4 mingga yaqin odam hibsga olindi.

Namoyishlar arafasida politsiya koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlarni buzganlar hibsga olinishi haqida ogohlantirdi.

Navalniy tarafdorlari mamlakatning 142 ta shaharda miting o‘tkazishni rejalashtirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 20:09dagi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya bo‘ylab namoyishga chiqqanlarning kamida 4000 nafari qo‘lga olindi. Bu haqda "OVD-info" ma’lum qildi. Qo‘lga olinganlar orasida 47 o‘smir va kamida 82 jurnalist bor.

Moskvada -1167, Peterburgda -862, Vladivostokda - 113 va Novosibirda – 93 norozi ushlangan.

Krasnoyarsk, Perm, Novokuznetsk, Samara, Tver, Ufa, Irkutsk, Sochi, Nijniy Novgorod, Peterburg, Yekaterinburg, Tomsk, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Tyumenda ham o‘nlab Navalniy tarafdorlari qo‘lga olindi. Qo‘lga olishlar davom etmoqda.

Poytaxt turg‘unlari Federal xavfsizlik xizmati qarorgohi qarshisidagi Lubyanka maydonida va prezident ma’muriyati ofislari joylashgan Staraya maydonida to‘planishi rejalashtirilgan edi. Ammo u yerda politsiya yig‘ilganlarni qo‘lga olib, tarqatishga harakat qilgani ortidan namoyishchilar boshqa hududlarga ko‘chmoqdalar.

Navalniy shtabi norozilarni Suxarevskaya va Krasniye vorota metro stansiyalari atrofida yig‘ilishga chaqirdi.

Peterburgda esa politsiya shahar markazini to‘sib qo‘ydi. Bu yerda ham Navalniyning minglab tarafdorlari yig‘ilgan. Politsiya norozilarni qo‘lga olmoqda.

Eng yirik namoyish Moskvada va Peterburgda bo‘layotgani xabar qilindi.

Moskva politsiyasi poytaxtda «ruxsat berilmagan» namoyishlar arafasida harakatlanish cheklanishi va yetti markaziy metro stansiyasi yopilishini e’lon qilgan.


Dastlabki mitinglar Uzoq Sharq va Sibir mintaqalarida bo‘lib o‘tdi. «OVD-Info» mustaqil nashri Vladivostok shahrida kamida 30 kishi va boshqa shaharlarda bir necha jurnalist qo‘lga olinganini xabar qildi.

Error rendering VK.

So‘nggi ma’lumotlarda aytilishicha, shu paytgacha 650 kishi qo‘lga olingan.

MBX mustaqil nashri esa Chelyabinskdagi namoyishni tarqatishga OMON jalb qilingani, norozilar qo‘lga olinayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

Maqola yangilanmoqda.

XS
SM
MD
LG