Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:04

Qirg‘iziston so‘nggi 11 yilda ilk marotaba erkin bo‘lmagan davlatlar qatoridan joy oldi


Qirg‘izistonda 2020 - yildagi 5 - oktabr voqealari siyosiy inqirozga sabab bo‘lgan.
Qirg‘izistonda 2020 - yildagi 5 - oktabr voqealari siyosiy inqirozga sabab bo‘lgan.

Freedom House tashkiloti Qirg‘izistonni so‘nggi 11 yilda ilk marotaba erkin bo‘lmagan davlatlar qatoriga qo‘shdi. Tashkilotning 3 - mart kuni e’lon qilingan navbatdagi hisobotida dunyo bo‘ylab fuqaroviy erkinlik 15 yildan buyon yomonlashib, erkin bo‘lmagan davlatlar soni ortib borayotgani qayd etildi.

Freedom House xalqaro tashkilotining “Dunyodagi erkinlik-2021” deya nomlangan yangi hisobotida o‘tgan yili Qirg‘izistonda fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklari nochorlagani aytiladi. E’lon qilingan reytingda Qirg‘iziston 23 ball olgan. 2019 - yilda Qirg‘iziston 100 baldan 39 ball, 2020 - yilda 28 ball olib qisman erkin davlatlar qatorida edi.

Qirg‘iziston 2009 - yildan beri birinchi marta qisman erkin maqomidan ajrab, Markaziy Osiyodagi erkin bo‘lmagan qolgan to‘rt davlat bilan tenglashdi.

Bosh qarorgohi Vashingtonda joylashgan Freedom House tashkiloti bunga o‘tgan yilning oktabrida xalq isyoni ortidan hukumat almashgani bilan bog‘liq voqealar sabab bo‘lganini bildirgan.

Freedom House hisobotida ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonda 2020 - yildagi 5-6 - oktabr voqealardan keyin qator muxolifatchilar qamoqdan ozod qilingan. Ayni paytda yuzaga kelgan siyosiy inqiroz davrida muvaqqat hukumat tuzishga kirishgan muxolifat guruhlari qo‘rqituv va hujumlarga uchragan.

Shuningdek, tashkilot COVID-19 pandemiyasi davrida bloger, jurnalist va shifokorlar koronavirusga qarshi ko‘rilgan choralarni tanqid qilgani uchun kuchishlatar tuzilmalar tomonidan kechirim so‘rashga majbur qilinganiga, o‘tgan yilning iyul oyida huquq himoyachisi Azimjon Asqarov qamoqhonada pnevmoniyadan vafot etganiga ham e’tibor qaratgan.

Азимжон Асқаров: ҳуқуқ ҳимоячиси, умрбод қамоқ жазоси ва сўнгги васият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:25 0:00

Ayni paytda Qirg‘izistonning yangi priezidenti Sadir Japarov mamlakatda fuqaroviy erkinliklar, so‘z erkinligi himoya qilinadi, deya va’da bermoqda.

“So‘z erkinligini to‘la himoya qilishga o‘zim ham intizorman. So‘zsiz himoya qilaman. Agarda sizlarga qandaydir bosim bo‘layotgan bo‘lsa, sizlar tarafda bo‘laman”, - degan edi Japarov 2021 - yilning 10 - yanvarida o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganidan so‘ng.

Ayni paytda Freedom House xalqaro tashkilotining “Jahon davlatlaridagi erkinlik” reytingida O‘zbekiston yana “erkin bo‘lmagan mamlakatlar” qatoridan joy oldi.

Tashkilotning 2021 - yil uchun chiqarilgan hisobotida O‘zbekiston belgilangan yuz baldan faqat 11 ball oldi. 2020 - yilda O‘zbekistonga 10 ball berilgandi.
Markaziy Osiyoda O‘zbekistondan oldingi o‘rinlarni 28 ball olgan Qirg‘iziston, 23 ball bilan Qozog‘iston egalladi. O‘zbekistondan keyingi o‘rinlar 8 ball olgan Tojikiston va 2 ball olgan Turkmanistonga berildi.

Reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi erkin emas maqomiga ega bo‘ldi.

Jahondagi erkinlik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar beshligi esa Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Urugvay va Gollandiya.

XS
SM
MD
LG