Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:37

"Profilaktik choralar". Rossiya Markaziy Osiyodagi nodavlat tashkilotlariga qarshi ov boshladi


So‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yurish. Qirg‘iziston, 25-noyabr, 2022
So‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yurish. Qirg‘iziston, 25-noyabr, 2022

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘tgan hafta Moskva Markaziy Osiyo mintaqasida "g‘arbparast" nodavlat tashkilotlarga qarshi "profilaktik choralar" ko‘rayotgani haqida gapirdi.

Rossiyada so‘nggi yillarda ijtimoiy va siyosiy faol nodavlat notijorat tashkilotlar"xorijiy agentlar" va "nomaqbul tashkilotlar" sifatida tasniflangan.

Shoygu Markaziy Osiyodagi «murakkab» vaziyat, “mintaqada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq g‘arbparast yirik nohukumat tashkilotlar”, shuningdek, Afg‘onistondan jangarilar bostirib kirishi mumkinligi haqida gapirdi. Markaziy Osiyoda kelgusi yillarda narkotik ishlab chiqarish hajmi oshishi kutilmoqda dedi.

Boshqacha aytganda, u nodavlat tashkilotlarni mintaqaga yoki hech bo‘lmaganda Rossiyaning undagi manfaatlariga ekzistensial tahdid deb biladi.

“Maxsus harbiy operatsiya manzarasida bu nodavlat tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni qisqartirish maqsadida Rossiyaga qarshi faoliyatini sezilarli darajada oshirdi”, deya shikoyat qildi Shoygu 27-fevral kuni.

Патриарх Кирилл яна муҳожирларга қарши гапирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:13 0:00

Tahlilchilar fikricha, Rossiyaning NNTlar Moskvaning qo‘shni davlatlardagi ta’siriga putur yetkazishidan vahimasi yangilik emas.

“Rossiya rahbariyati G‘arb davlatlari NNTlar orqali nodemokratik mamlakatlardagi rejimlarni ag‘darishga urinayotganiga ishonadi yoki o‘zini ishontiradi”, deydi Berlindagi Karnegi Rossiya-Yevrosiyo markazi xodimi Temur Umarov.

“Rossiya qanchalik yakkalanib, xalqaro hamjamiyat bilan ixtilofda bo‘lsa, uning ritorikasi internet va maktablardan tortib, boshqa davlatlar hududigacha bo‘lgan hamma joyda G‘arb ta’siriga qarshi kurashga qaratiladi”, deydi Umarov.

Shoyguning ayblovlarini bir chetga qo‘yib tursak ham, Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlari shundoq ham Rossiya istagandek yo‘l tutadi, ba’zi hollarda fuqarolik jamiyatini bostirishda buni oshig‘i bilan bajaradi.

Xo‘sh, Shoygu Markaziy Osiyoning qaysi davlatlarini nazarda tutdi?

Qozog‘iston orqaga, Qirg‘iziston oldinga qadam tashlamoqda

Shoyguning bayonotlariga javob bergan yagona davlat Qozog‘iston bo‘ldi.

"Men hech qanday profilaktik chora-tadbirlardan xabarim yo‘q", dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko jurnalistlarga.

“Fuqarolik sektorini, NNTni qo‘llab-quvvatlash Prezident [Qasim-Jomart] Toqayev, hukumat va ushbu sohaga mas’ul bo‘lgan Madaniyat va axborot vazirligi uchun ustuvor vazifadir”, deya qo‘shimcha qildi Vasilenko.

«Adashmasam, mamlakatimizda 18 ming NNT mavjud, ular qonunga muvofiq faoliyat yuritadi va jamiyatimizning o‘ta muhim qismi hisoblanadi. Bu fuqarolik jamiyati Qozog‘iston Respublikasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini anglatadi”.

Rossiya 2022-yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri mojaroda betaraf qolgan Qozog‘iston Rossiyadan biroz masofa saqlash uchun diplomatik bayonotlardan foydalandi.

Ammo gap shundaki, Qozog‘iston har doim ham NNT uchun eng qulay joy bo‘lmagan.

Bu haqda NeMolchi.KZ ayollar huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Dina Smailovadan so‘rang.

Oilaviy zo‘ravonlik va zo‘rlash qurbonlari, jumladan, ularda politsiya ham ishtirok etgani haqidagi voqealarni surishtirgani bilan tanilgan Smailova hozirda xorijda yashaydi. Agar u vataniga qaytsa, yirik firibgarlikda ayblanishi mumkin.

NeMolchi.KZ saytiga xayriya qilgan yuzlab qozog‘istonliklar politsiyaga so‘roqqa chaqirilgani xabar qilingan. Smailovaning aytishicha, bu harakat rasmiylarning unga qarshi ayblovlarni kuchaytirish zarurati bilan bog‘liq.

Qozog‘iston chet eldan mablag‘ oluvchi jamoat tashkilotlarini ham diqqat bilan kuzatadi, bunday guruhlarning ro‘yxatini muntazam yangilab turadi va yangilarini ro‘yxatga olishni qayta-qayta rad etadi.

Ammo Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi NNT uchun eng do‘stona davlatga aylanishi mumkin. Bu maqomga uzoq vaqtdan beri sohib bo‘lgan Qirg‘iziston esa Rossiyaga ergashmoqda.

22-fevral kuni Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning 2012-yilda qabul qilingan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonuniga o‘xshash qonunni qabul qildi.

«Adolat» notijorat yuridik klinikasi tahlili ko‘rsatishicha, qonun loyihasining 90 foizdan ko‘prog‘i Rossiya qonunidan ko‘chirilgan.

Қамоқдан чиққан фаол Жаслиқ қийноқлари¸ Мирзиëев маддоҳлари ва мухолифлик ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:43 0:00

Qo‘shnilardan o‘rnak olish

Rossiyaning Qirg‘iziston qonun loyihasi bilan aloqasi shu bilan tugamaydi.

«Politklinika» nashri jurnalistlari 2022-yilda ushbu qonun tashabbuskori bo‘lgan Nodira Normatova Qirg‘izistonning ikkinchi yirik shahri O‘shdagi Rossiya konsulligi joylashgan binoning egasi ekanligini aniqladi.

Shu fakt Normatovaning o‘zini “xorijiy agent” qilib qo‘ymasmikan, deya kinoya qiladi “Politklinika” surishtiruvchilari.

Qonunga qarshi chiqqan kam sonli deputatlardan biri o‘tgan oy parlamentda unga yana savol berganida, Normatova binoni Rossiyaga ijaraga berganini tan oldi.

"Bu qonun loyihasining shaxsiy hayotimga aloqasi yo‘q. Biz uni qabul qilishda kechikdik. Agar biz 10 yil oldin qonunni qabul qilganimizda, hozirgidek muammolar bo‘lmasdi, davlat xizmatchilari orasida sotqinlar ham bo‘lmasdi", deydi Normatova 22-fevral kuni Ozodlik radiosining Qirg‘iz xizmatiga bergan izohida.

Ammo Normatova bu o‘rinda ahamiyatsiz rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, chunki Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning roziligisiz qonun loyihasi ilgari surilmagan bo‘lardi.

Japarov 2020-yilda hokimiyatga kelganidan beri uning rejalarini buzishga urinayotgan faollar, jurnalistlar va siyosiy raqiblarini qamoqqa tashlash uchun Moskvadan yo‘riqnoma kerak emasligini ko‘rsatdi.

Shu ma’noda, deydi Karnegi vakili Umarov, Rossiya faqat “avtokratiya yo‘liga o‘tgan Qirg‘iziston rahbariyatini qo‘llab-quvvatlamoqda”.

Ayni paytda 7 million aholisi bo‘lgan Qirg‘izistonda 29 mingdan ortiq NNT ro‘yxatdan o‘tgan, bu deyarli 20 million aholisi bo‘lgan Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tganlardan deyarli ikki barobar ko‘p.

Turkmaniston Markaziy Osiyoning fuqarolik jamiyati eng zaifi bo‘lib qolmoqda, ayni paytda mintaqaning eng qashshoq mamlakati bo‘lgan Tojikiston hukumati ham xuddi shu yo‘nalishda ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Tojikistonning «Azia-Plyus» mustaqil axborot sayti 2023-yil avgust oyida o‘tkazgan tahlilga ko‘ra, 2022-yil va 2023-yilning birinchi yarmi mobaynida tugatilgan NNT soni ro‘yxatga olingan 711 tadan 217 tagacha ko‘p bo‘lgan.

2023-yilda nizomni buzganliklari sababli sud tomonidan yopilgan NNTlardan biri hibsga olingan faollar va jurnalistlarga bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi Inson huquqlari bo‘yicha Mustaqil markaz edi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Yuksalish» tadqiqot markaziga ko‘ra, mintaqaning aholisi eng ko‘p – qariyb 35 million bo‘lgan O‘zbekistonda 9000 ga yaqin NNT bor.

Ammo toshkentlik faol Irina Matviyenko 2021-yilda “Open Democracy”da e’lon qilgan maqolasida ta’kidlaganidek, bu tashkilotlarning “aksariyati aslida davlat tomonidan tashkil etilgan”, biroq NNTlarning xorijdan qonuniy ravishda olishi mumkin bo‘lgan mablag‘ miqdori juda pastligicha qolmoqda.

2017-yilda to‘qqiz yillik qamoq jazosidan ozod etilgan o‘zbekistonlik huquq faoli A’zam Turg‘unovning o‘tgan hafta “Inson huquqlari uyi” deb nomlangan inson huquqlari tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizasi Adliya vazirligining e’tirozlari sababli Toshkent sudi tomonidan o‘n to‘rtinchi marta rad etilgan.

Rossiya tomonidan "profilaktik choralar" bu davlatlarga shart bo‘lmasa ham kerak.

XS
SM
MD
LG