Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 08:38

"Jazosizlik-norma". HRW Abduqodir Mo‘minovga qiynoq qo‘llanganini tekshirishga chaqirdi


Abduqodir Mo‘minov Toshkentdagi sud zalida. 23-iyul, 2023
Abduqodir Mo‘minov Toshkentdagi sud zalida. 23-iyul, 2023

Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekiston hukumatini qamoqdagi blogerlar, xususan, Abduqodir Mo‘minovga nisbatan shafqatsiz qiynoq qo‘llangani haqidagi iddaolarni tekshirishga chaqirdi.

O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan apellyatsiya sudida Abduqodir Mo‘minov tergov jarayonida organ xodimlari unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani, jumladan, elektr toki va rezina tayoq bilan zarba bergani, tepkilagani va qovurg‘asini sindirgani haqida gapirib bergan.

YouTube’dagi “Ko‘zgu” kanali muallifi Abduqodir Mo‘minov joriy yilning 8- fevralida “firibgarlik” va “tovlamachilik”da gumon qilinib, hibsga olingandi.

Mirziyoyev tanqidchisi sifatida tanilgan blogerga joriy yil 4-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi hukmi bilan 3 yilgacha jurnalistlik faoliyatni cheklash hamda 7 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Блогер Абдуқодир Мўминовга Тоштурмада ўн кунлик "карцер" жазоси тайинланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:49 0:00

Shuningdek, uning zimmasiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdoridagi jarima hamda 900 million so‘mdan ortiq moddiy zararni qoplash yuklangan.

6-oktabr kuni apellyatsiya sudi tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Huquq faollari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bloger prezident Mirziyoyevning kuyovlari biznesi haqida olib borayotgan surishtiruvi tufayli qo‘lga olinganiga ishonishadi.

Avvalroq Ozodlik 9-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIEDning 1-sonli tergov izolyatorida saqlanayotgan Abduqodir Mo‘minov "muassasa ichki tartib-qoidalarini buzish" aybi bilan 10 kunlik karserga tashlangani haqida xabar qilgan edi.

Onasi Sabohat Abdullayevaning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxona ma’muriyati Abduqodir Mo‘minov izolyator ichki tartibini apellyatsiya sudidan ancha oldin, 20- sentabrda buzgani uchun endi jazoga tortilayotganini iddao qilgan.

Abduqodir Mo‘minovning karserga tashlangani haqidagi xabar uning apellyatsiya sudida o‘ziga nisbatan qiynoqlar haqida gapirib, prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilishi ortidan paydo bo‘lgan.

Референдум арафасида: Танқидий пост қўйганлар “суҳбат”га чақиртирилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:07 0:00

8-oktabr kuni tarmoqlarda tarqalgan videoda Abduqodir Mo‘minov tergov jarayonida o‘zining shafqatsiz qiynoqlarga tutilganini aytgan va qiynoq qo‘llaganlarning nomlarini keltirgandi.

Jazosizlik - norma

HRW’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi tadqiqotchisi Mira Ritmanga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi g‘alayonlar ortidan uzoq muddatga qamalgan Dauletmurat Tajimuratov, bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev, nashida sabab mahkamaga tortilgan 22 yoshli Sardor Rahmonqulovlar ham tergov jarayonidagi qiynoq va noinsoniy munosabatlardan shikoyat qilgan.

Xalqaro tashkilot O‘zbekiston hukumati hozirga qadar bu murojaatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazmagani, binobarin, qonunbuzarlar javobgarlikka tortilmaganini qayd etgan.

HRW’ga ko‘ra, prezident Mirziyoyev qiynoqlarga chek qo‘yishga va’da berganiga qaramay, jazo muassasalarida qiynoq va shafqatsiz munosabat hamon ko‘p kuzatilmoqda va bu kabi jinoyatlar uchun jazosizlik normaga aylanib ulgurgan.

XS
SM
MD
LG