Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:57

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar pasaymoqda


O‘zbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorida joriy yil noyabr oyi mobaynida mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobilllarning o‘rtacha narxi pasaygan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tahlillari ana shundan dalolat beradi.

Masalan, xaridorgir sanalgan Lacetti avtomobili: o‘rtacha foydalanilgani 1,4 foizga (14700 dollardan 14500 dollargacha), kam foydalanilgani 1,1 foizga (15200 dollardan 15031 dollargacha), Nexia: o‘rtacha foydalanilgani 0,9 foizga (11500 dollardan 11400 dollargacha), Spark: o‘rtacha foydalanilgani 0,8 foizga (10485 dollardan 10400 dollargacha), Damas: o‘rtacha foydalanilgani 0,9 foizga (8200 dollardan 8125 gacha), ko‘p foydalanilgani 1 foizga (7600 dollardan 7527 gacha) arzonlagan.

UzAuto машиналари учун навбат интернетга кўчди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:33 0:00

Elektomobillarning ikkilamchi bozorida ham pasayish kuzatilgan. O‘rtacha foydalanilgan BYD Han va BYD Yuan Up elektromobillarining narxi 1,6 foiz (36500 dollardan 35900 dollargacha) va 2,4 foizga (21000 dollardan 20500 dollargacha) pasaygan bo‘lsa, BYD Song Plus EV Chempion mashinalarining bahosi deyarli o‘zgarmagan (yangisi – 29000 dollar, o‘rtacha foydalanilgani – 26600 dollar).

Xorijiy lyuks avtomobillar toifasiga kiruvchi Hyundai Elantra va Kia Sportage rusumli kam foydalanilgan avtomobillarning o‘rtacha narxi 2,2 foiz (23000 dollardan 22500 dollargacha) va 1,5 foizga (32500 dollardan 32000 dollargacha), o‘rtacha foydalanilgani esa 1,6 foizga (Elantra – 22000 dollardan 21650 dollargacha va Kia Sportage – 31500 dollardan 31000 dollargacha) pasaygan.

MHTI ma’lumotlarni olx.uz platformasidan veb skreping usuli bilan to‘plab, 17,3 mingta ma’lumot asosida taklif etilgan narxlarni o‘rganib chiqqan.

MHTI avvalroq Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga kiritilgan investitsiya daromadliligi tushib borayotgani xususidagi xulosalari bilan o‘rtoqlashgandi.

XS
SM
MD
LG