Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:27

HRW: Qirg‘iz-tojik chegara mojarosida har ikki tomonning harakati "urush jinoyatlariga tenglashishi mumkin"


Hisobotda tilga olingan hodisalar orasida tinch aholi uylar va fuqarolik infratuzilmasiga o‘t qo‘yish kabi holatlar bor. Botken, Qirg‘iziston, 2022
Hisobotda tilga olingan hodisalar orasida tinch aholi uylar va fuqarolik infratuzilmasiga o‘t qo‘yish kabi holatlar bor. Botken, Qirg‘iziston, 2022

Human Rights Watch tashkilotiga ko‘ra, o‘tgan yil sentabrida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida yuz bergan to‘rt kunlik chegara ziddiyati chog‘ida "har ikki tomondan urush qonunlarining jiddiy buzilishlari" sodir etilgan. To‘qnashuvlarda 100 dan ortiq tinch aholi vakillari va harbiylar halok bo‘lgan edi.

2-may kuni e’lon qilingan hisobot xalqaro inson huquqlari guruhi e’lon qilgan birinchi yirik hisobotdir. Sentabrdagi to‘qnashuvlar ildizi Tojikiston va Qirg‘iziston Sovet Ittifoqi a’zosi bo‘lgan davrga borib taqaladigan eng qonli chegara nizosi bo‘lgan.

HRW ning aytishicha, har ikki tomonning ko‘plab harakatlari “harbiy jinoyatlarga teng kelishi ehtimoli katta".

Hisobotda tilga olingan hodisalar orasida tinch aholi transport vositalari hamda tez yordam mashinalariga hujumlar, portlovchi moddalardan “mo‘ljalni tanlab o‘tirmay” foydalanish, harbiy kuchlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘ldirishlar, uylar va fuqarolik infratuzilmasiga o‘t qo‘yish kabi holatlar bor.

HRW Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlarini aybdorlarni “xalqaro gumanitar qonunchilikni jiddiy buzganliklari” uchun javobgarlikka tortishga chaqirgan. Tashkilot bergan tavsiyalar orasida o‘z qurolli kuchlarini ziddiyatli holatlarda xalqaro gumanitar huquq normalarini qanday qo‘llashga o‘rgatish ham bor. Tashkilot, shuningdek, davom etayotgan chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarda erishiladigan har qanday kelishuv mahalliy aholining “ta’lim olish, munosib uy-joy va suvdan foydalanish” huquqlarini tan olishi kerakligini ta’kidlaydi.

Қирғиз-тожик чегарасида яна қуролли тўқнашув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:46 0:00


89 sahifalik hisobot 86 nafar shaxs, jumladan, 69 nafar guvoh, jabrlanuvchilar yoki ularning qarindoshlari bilan intervyularga asoslangan. Tashkilot o‘z tadqiqoti davomida shuningdek, 2022-yil oktabr va noyabr oylarida to‘qnashuvlar yuz bergan hududga 10 kunlik safar; tibbiy ma’lumotlar va boshqa hujjatlar tahlili; sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili; hujumlar va ularning oqibatlari aks etgan 12 ta video tahlili; lazer yordamida boshqariladigan bomba hujumi va tibbiy transport vositalariga qilingan hujumlar ta’sirini tahlil qilish uchun 3D-modellashtirish ishlarini amalga oshirgan.

Hisobotda asosiy e’tibor mojaroning harbiy xizmatchilarga emas, balki tinch aholiga ta’siriga qaratilgan.

HRW 37 nafar tinch aholi vakili, jumladan, besh nafar yosh bolaning o‘limi hamda har ikki tomondan 36 nafar shaxsning jarohatlanganini hujjatlashtirgan. Harbiy xizmatchilar orasidagi qurbonlarni hisobga olmaganda, “ommaviy axborot vositalari xabarlari va rasmiy qurbonlar ro‘yxatini hisobga olsak, jabrlanganlarning to‘liq soni oshib, 51 o‘lim va 121 jarohatlanganga yetishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Mojaro paytida Qirg‘iziston tomonida 100 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Tojikiston uy-joyini tark etishga majbur bo‘lganlar soni haqida ma’lumot bermagan.

2021-yilning aprelida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda o‘nlab odam halok bo‘lgan edi. Bundan oldingi mojarolar boshqa hududlarga yoyilmagan yoki chegara bo‘ylab keng ko‘lamli harbiy safarbarlik e’lon qilinmagan edi.

Hisobotda sentabrda sodir bo‘lgan mojaroni kim boshlagani haqida xulosa yo‘q.

Mojarodan bir necha kun o‘tib Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tojikistonni Qirg‘izistonga “hujum qilish" da ayblagan edi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi esa Qirg‘izistonni “Tojikiston hududiga Qirg‘iziston bilan chegara bo‘ylab hujum uyushtirish"da ayblab chiqdi.

HRW tashkilotining inqiroz va mojarolar bo‘yicha katta tadqiqotchisi Jan-Baptist Gallopin hisobot e’lon qilinishidan oldin Ozodlik radiosiga bergan intervyusida xalqaro gumanitar qonunchilik “mojaroning barcha tomonlariga birdek tadbiq qilinishi"ni ta’kidladi.

"Armiya hujum qilyaptimi yoki mudofaa qilyaptimi, urush qonunlarini buzmaslikka birdek mas’ul".

“Bu xususan, harbiy nishonlar bilan fuqaro nishonlarini aniq ajratish va mutanosib kuch qo‘llash prinsiplaridir”, — dedi Gallopin.

HRW hisobotida qayd etilishicha, mojaroning uchinchi kuni, ya’ni 16 sentabrь kuni qonunbuzarliklar ayniqsa, ko‘p sodir etilgan.

“Dalillar shuni ko‘rsatadiki, o‘sha kuni soat 17:00 atrofida chegaradagi tojiklar yashaydigan Ovchiqa’lacha qishlog‘iga Tojikiston kuchlari etib borganidan bir necha daqiqa o‘tib, qirg‘iz kuchlari tojik kuchlari yaqiniga Bayraktar TB-2 droni yordamida lazerli bomba tashlagan”, deyiladi hisobotda.

Hisobotga ko‘ra, bomba mahalliy tinch aholi vakillari janozadan keyin masjid yonida to‘planayotgan paytda portlagan, natijada 10 kishi halok bo‘lgan va 13 kishi yaralangan.

XS
SM
MD
LG