Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:34

Bloger Olimjon Haydarov ustidan sud: Jabrlanuvchilar - hokim, IIB va bozorqo‘m


Olimjon Haydarov shu yil 29-iyulida qora niqob kiygan maxsus xodimlar tomonidan hibsga olingandi.
Olimjon Haydarov shu yil 29-iyulida qora niqob kiygan maxsus xodimlar tomonidan hibsga olingandi.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani sudida bloger va jamoat faoli Olimjon Haydarov ustidan boshlangan mahkamada jarblanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

31-oktabr kuni boshlangan dastlabki sud majlisida prokuror bloger Olimjon Haydarovga nisbatan ayblov xulosasini o‘qib eshittirgan.

Haydarov O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 2-qismi (Ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish)da ayblanmoqda.

Shuningdek, bloger JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) va 165-moddasi 2-qismi “a” “b” bandlari (Takroran yoki xavfli retsedivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ham ayblanadi.

"Ўзимни сиёсий маҳбус деб ҳисоблайман". Олимжон Ҳайдаров устидан тергов тугаб, иш судга оширилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:33 0:00

Ochiq deb e’lon qilingan sudning dastlabki majlisida hakam Olimjon Haydarovning advokati Dilshod Jabborov tomonidan sud majlislarini audio va video texnikalari yordamida yozib olish bo‘yicha iltimosnomasini rad qilgan. Taraflar fikriga ko‘ra, mahkamada ommaviy axborot vositalarida ismi ochiqlanishini istamayotgan shaxslar mavjud.

Mahkama jarayonini kuzatayotgan Ozodlik manbasiga ko‘ra, dastlabki sud majlisidayoq sud tergovi boshlandi va mahkamada jabrlanuvchi — Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov so‘roq qilingan. Usmonovga ko‘ra, Olimjon Haydarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida unga nisbatan "Qo‘qondagi aqlli bekatlarni hokimlik ikki ming dollardan sotgan" deya tuhmat qilgan.

Sudlanuvchi Olimjon Haydarov esa maqola matnida “eshitishimcha...” qo‘shimchasi mavjudligi, bu uning fikri emasligi ekanligini ta’kidladi, biroq o‘z manbalarini ochiqlamagan.

Sudda ko‘rsatma bergan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIBB xodimi bloger Olimjon Haydarov ijtimoiy tarmoqdagi kanalida o‘zini “haromivachcha” deb haqorat qilganligini iddao qilgan. Mazkur ayblovni rad qilgan Olimjon Haydarovga ko‘ra, IIB xodimi O‘zbekiston tumanidagi maktabda bo‘lib o‘tgan voqealarda o‘zining telefoni sindirilganligi hamda IIBda tutib turganligi, shu voqeani kanaliga joylaganini aytgan.

Ishda jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatma bergan Farg‘ona viloyatidagi bozorlardan birining ta’sischisi S. I. bloger Olimjon Haydarov u va boshqa ta’sischilarni “haromdan qo‘rqmaydiganlar” deb ataganini aytgan.

Qo‘qon shahridagi bozor mutasaddisi R.S. blogerga turli davrlarda bozor faoliyati borasidagi video materiallarni tarqatmaslik evaziga 7 ming AQSH dollari berganini iddao qilgan.

Advokatlar dastlabki sud tergovida jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini aniqlashtiruvchi savollar berishgan. Sud keyingi tinglovlarni 7-noyabrga qoldirgan.

Bloger Olimjon Haydarovning advokati Dilshod Jabborovga ko‘ra, uning himoyasidagi shaxs "mutlaqo beayb" va unga qo‘yilayotgan ayblovlar uydirmadan boshqa narsa emas. Advokatning ta’kidlashicha, blogerga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar uning kasbiy faoliyatini cheklashga qaratilgan.

Olimjon Haydarovning o‘zi bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotida o‘zini “siyosiy mahbus” deb atagandi. Blogerning iddaosicha, uning qamalishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy professional faoliyati bilan bog‘liq. U o‘z faoliyati davrida yirik korrupsion sxemalarni fosh qilganini aytgan.

Мирзиёев блогерларга “хиёнат” қилди…ми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:25 0:00

Olimjon Haydarov shu yilning 29-iyulida salbiy mazmundagi maqolani tarqatmaslik evaziga «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksi rahbarlaridan 10 ming dollar talab qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. U Farg‘ona viloyati IIB va Qo‘qon shahar prokuraturasi qoshidagi Departament xodimlari ishtirokidagi maxsus amaliyot davrida maxsus kimyoviy ishlov berilgan pul bilan ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborotlash va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi avgust oyida mamlakatdagi OAV rahbarlariga uning qo‘lga olinishi aks etgan video lavhani namoyish qilgan.

Biroq mahkama jarayonini kuzatayotgan Ozodlik manbasiga ko‘ra, maxsus amaliyot borasidagi bu video lavhalar jinoyat ishi materiallarida mavjud emas.

Avvalroq Ozodlik bilan eksklyuziv suhbatda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik o‘zbek rasmiylarini so‘z va matbuot erkinligini hurmat qilishga chaqirgan edi:

“O‘zbekiston oxirgi bir necha yilda matbuot erkinligi borasida ulkan qadamlarni qo‘ydi. Ammo shu bilan birga, blogerlarga qarshi jinoyat ishlari tashvishga sabab bo‘lmoqda. Men O‘zbekiston hukumatini matbuot, so‘z va ifoda erkinligini hurmat qilishda davom etishga chaqiraman. Hukumat bu jinoyat ishlari ortida siyosiy sabablar turmaganiga amin bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”.

Demokratiya, siyosiy erkinliklar va inson huquqlarini kuzatuvchi Freedom House xalqaro nodavlat tashkiloti o‘zining 2023-yilgi hisobotida O‘zbekistonni internet erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatida qoldirdi. Tashkilotga ko‘ra, prezident Mirziyoyevning ayrim islohotlariga qaramasdan O‘zbekiston avtoritar davlat sifatida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG