Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 16:04

"Asosan mahalliy agentliklar aldaydi." Britaniyadagi markaziy osiyolik migrantlar hikoyasi


London markazidagi Britaniya Ichki ishlar vazirligi binosi.
London markazidagi Britaniya Ichki ishlar vazirligi binosi.

Buyuk Britaniya markaziy osiyoliklar orasida mehnat migratsiyasi uchun mashhur manzilga aylandi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida mintaqa fuqarolariga mavsumiy ishlar uchun 22 mingdan ortiq vizalar berilgan, bu Britaniya hukumatining rasmiy ma’lumoti.

Odamlarni avvalo yuqori maosh jalb qiladi: hatto bir mavsumda siz uy uchun pul topishingiz yoki kreditlarni to‘lashingiz mumkin. Ammo huquq himoyachilari qayd etishicha, Buyuk Britaniyada ishga bo‘lgan talab yuqoriligi manzarasida migrantlarni aldab ishsiz qoldiradigan firibgarlar ham ko‘paymoqda. Bundan tashqari, ekspluatatsiya xavfi ham yo‘q emas.

Qirg‘iziston fuqarosi Begima Romanova Buyuk Britaniyaga ikkinchi marta boryapti. U o‘tgan yili olti oy yashil piyoz yetishtiruvchi fermada ishlagan va may oyida yana bormoqchi. Qoidalarga ko‘ra, mavsumiy ish uchun bunday viza faqat olti oyga beriladi. Ammo agar xodim o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa, ish beruvchi yana taklifnoma yuboradi.

«Ha, ish og‘ir. Seryog‘in, namlik tufayli sog‘liq muammolari va shamollash mumkin, – deydi Begima "Migrant Media" loyihasi bilan suhbatda . – Artrit yoki artroz bilan og‘riganlarga u yerga borishni maslahat bermayman. Ayollar uchun bu qiyin, lekin yosh yigitlarga oson. U yerga ikkinchi marta ketyapman, chunki kreditlar va moliyaviy muammolar bor. Bu yerda bunday maosh yo‘q”.

Begimaning aytishicha, u ishlagan fermer xo‘jaligida shaxsan o‘zi yomon yoki insofsiz munosabatga uchramagan. Ammo parvozdan oldin u ish haqidagi barcha ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan: u eng kam ish haqi miqdorini tayin qildi, o‘ziga tegishli bo‘lgan tibbiy sug‘urta aynan nimani qamrab oladi va Buyuk Britaniyada haftasiga necha soat ishlashi mumkin, barini o‘rgandi.

Huquq himoyachilari ta’kidlashicha, bunday tayyorgarlik hammada ham bo‘lmaydi. Ko‘pgina Markaziy Osiyo fuqarolari Buyuk Britaniyaga tasodifan kelib qoladi. Masalan, ular 2024-yilda faqat oltita agentlik ish topib berishga litsenziyasi borligini bilishmaydi. Firibgarlar migrantlarning xabarsizligidan foydalanishlari mumkin.

“Ularni asosan mahalliy bandlik agentliklari aldaydi. Yoki boshqa davlatlardan odamlar paydo bo‘lib, muhojirlarimizni aldashadi, masalan, turar joy va tibbiy sug‘urta uchun qo‘shimcha to‘lovlar undirishadi”, deb tushuntiradi «Oazis» jamoat fondi rahbari Meerim Osmonaliyeva (Bishkek). "Aslida, agar Buyuk Britaniya allaqachon bu lotlarni taqdim etayotgan bo‘lsa, demak, ish beruvchi barcha xarajatlarni qoplagan."

Agar Buyuk Britaniyadagi muhojir muammoga duch kelsa, u yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘lgan bir nechta nodavlat tashkilotlar bor. Ulardan biri Shotlandiyadagi Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazidir. O‘tgan yil davomida u yerga to‘rt yuzdan ortiq kishi murojaat qilgan. Ularning aksariyati Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar.

“Biz bilan bog‘langanlarning ko‘pchiligi ingliz tilini bilmas edi. Biz ularga rus tilida yordam beramiz va tarjimonlarni jalb qilamiz, – deydi Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi menejeri Valeriya Ragni. – Ko‘plab muhojirlarning ish sharoitlari kutganlaridek chiqmagan. Masalan, ular xavfli, antisanitariya sharoitida yashashgan. Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklari ko‘pincha chekka hududlarda joylashgan, u yerdagi ishchilar izolyatsiya qilingan, bu ham ularga yordam so‘rashni qiyinlashtiradi.

Ko‘pincha Markaziy Osiyodan kelgan mavsumiy ishchilarning shikoyatlari ish haqi bilan bog‘liq, deydi boshqa bir tashkilot, Mehnat huquqlari markazi vakillari. Muhojirlar buni tasdiqlaydi. Ish joyida ko‘pincha asossiz jarimalar yoki ortiqcha ishlaganlik uchun haqi to‘lanmasligiga duch kelishlarini aytishadi.

"Muhojirlar yil davomida olti oygacha ishlash uchun kelishadi, shuning uchun ularning vaqti juda oz, – deydi Mehnat huquqlarini himoya qilish markazi tadqiqotchisi Andrey Savitskiy. “Odamlar turli sharoitlarda ishlashga tayyor, ish beruvchilar esa bundan foydalanib, ba’zan ularning huquqlarini poymol qilishadi. Ishchilar kamsitish, yomon yashash sharoitlari, juda uzoq ish soatlari haqida xabar berishadi. Eng qizg‘in mavsumda ular butun hafta ishlamasdan o‘tirishlari va faqat 32 soat ish haqi olishlari mumkin.

Ўшда Фарғона водийсида ягона миграция ахборот маркази очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00

Huquq himoyachilari ta’kidlashicha, shartnomada kelishilgan shartlar bajarilmasa, muhojir boshqa fermer xo‘jaligiga o‘tkazishni talab qilishga haqli. Lekin ko‘pchilik bunga urinmaydi: Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ko‘pincha har qanday shikoyat muammoga aylanib, vizasidan mahrum bo‘lishlaridan qo‘rqishadi.

"Asosiy muammolardan biri shikoyat qilishdan qo‘rqishdir", deb ta’kidlaydi Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi menejeri Valeriya Ragni. «Bundayligiga ko‘p sabablar bor. Lekin, nazarimda, eng muhimi, muhojirlar bu safarga katta mablag‘ sarflashgan. Keyin pul topa olmaslik yoki qarzlarini to‘lay olmay qolishlaridan qo‘rqishadi va bu ularni shikoyat qilishdan to‘xtatadi”.

Huquq himoyachilari mamlakatga borishdan oldin shartnomalar shartlarini, mezbon davlat qonunlarini sinchiklab o‘rganishga, keyin esa o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan qo‘rqmaslikka chaqiradi. Shu bilan birga, ular xodimlar o‘z mas’uliyatini unutmasliklari kerakligini ta’kidlaydilar. Markaziy osiyolik muhojirlar ko‘pincha e’tibordan chetda qoldiradigan variantlardan biri vizasi tugaganidan keyin vataniga qaytishdir.

XS
SM
MD
LG