Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 12:33

K. Allamjonov: "Mendirman Jaloliddin" loyihasini bajarganlar yemagan somsasiga pul to‘layapti


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘z o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva bilan (arxiv foto)
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘z o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva bilan (arxiv foto)

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov "Mendirman Jaloliddin" filmi bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini qoraladi.

Telegram tarmog‘idagi kanalida Allamjonov, bu film uchun "davlat byudjetidan bir so‘m pul olinmagan", ilgari surilgan ayblovlarga esa bu loyihaning "umuman aloqasi yo‘q", deb yozdi.

10 - oktabr kuni Bosh prokuratura “Mendirman Jaloliddin” va yana 13 ta filmni suratga olish jarayonida "katta miqdordagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgani va rastrata yo‘li bilan talon - toroj qilingani" yuzasidan tergov harakatlari borayotganini ma’lum qilgan.

11 - oktabr kuni Telegram kanalida qoldirgan postda K. Allamjonov "O‘zbekkino" milliy agentligi atrofida bo‘layotgan janjallarga tezroq barham berish kerak, deb ta’kidladi:

"Ularning o‘zaro tushunmovchiliklari tufayli qandaydir jinoiy ishlar ochilgan va bunga umuman aloqasi yo‘q bizning "Mendirman Jaloliddin" loyihamiz ham qo‘shilib qoldi. Vaholanki, taqdimoti bo‘lib o‘tgan ushbu serialga na O‘zbekkino aloqador va na davlat byudjeti mablag‘lari".

"Endi kimdir shu loyihani amalga oshirdi, mehnat qildi. Davlat byudjetdan bir so‘m ham ishlatmadi, homiylar jalb qilindi, eng professionallar ishladi. Eng asosiysi, zo‘r loyiha bo‘ldi. Lekin endi yemagan somsasiga pul to‘layapti".

21 - sentabr kuni Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tergovchisi AAbdulahadov tomonida imzolangan hujjatda "mazkur jinoyat ishi bo‘yicha hujjatlarni olib qo‘yish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash" haqida so‘z boradi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mulozimi 6 - oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda “Mendirman Jaloliddin” filmiga davlat g‘aznasidan mablag‘ sarflanmaganini aytgan edi.

3 - oktabr kuni Toshkentdagi taqdimot marosimida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva film to‘laligicha O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan “Orient Finans Bank” tomonidan moliyalanganini ta’kidlagan.

Bosh prokuratura xatining Ozodlikka yo‘llangan nusxasi.
Bosh prokuratura xatining Ozodlikka yo‘llangan nusxasi.

Ozodlik tanishib chiqqan 170012/2020-79VS - sonli tergov hujjatlariga ko‘ra¸ “O‘zbekkino” milliy agentligi “Best organizer” shirkati bilan “Mendirman Jaloliddin” (tergov hujjatlarida "Menman jaloliddin" deb yozilgan-tahr.) filmini suratga olish borasida shartnoma tuzgan va uning hisobiga katta miqdordagi mablag‘larni o‘tkazib bergan.

Ozodlik suhbatlashgan tergovga yaqin mulozim “Mendirman Jaloliddin” filmi uchun “O‘zbekkino” o‘tkazgan pulning aniq summasi "tergov siri bo‘lgani vajidan ochiqlanmasligi"ni bildirdi.

Ozodlik Bosh prokuratura tergoviga jalb qilingan kinorejissyor bilan ham suhbatlashdi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati vakili Ozodlikka “Mendirman Jaloliddin” va boshqa filmlardagi talon-toroj yuzasidan jinoyat ishi ochilganini tasdiqladi.

Quyida bu borada Ozodlik radiosi 9 - oktabr kuni e’lon qilgan maqolani o‘qishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG