Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:36

OzodTarmoq: "Kun.uzda vijdonli, prinsipli odamlar ham borligini bilaman"


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Nurbek Alimov 18 noyabrda o‘zining Telegram kanalida e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

O‘zimni bosishga xarakat qildim, a to sudga bervorishi mumkin edi kun.uz (Xotya ular bilan kelishib ketish osonu)

Katta jang paytida, janga chorlagan odamlar tomonidan tashlab ketilish g‘alati a? Amir Xusayn suka kazyollik qilib tashlab ketganidagi Temurni xolatini tushunyapman.

Jahongir Ortiqxo‘jayev prinsipsizlikda ayblaganmidi jurnalistlarni? Xaq bo‘lib chiqyapti shekil? O‘zbekmizda kelishib ketaveramiz shunaqa. Kun.uzchilarni raxbarlari o‘zlari aytganidek bu faqat biznes proekt ekan. Endi, yana biror yildan keyin boshqa rams bo‘lsa, Xokim aytgandimu prinsiplaring yo‘q prodajniysanlar deb chiqsa yomon yeydi kun. Bu masalada yagona narsa Xokimga qarshi ish ochilishida kunni jurnalyugalari guvox va da’vogar sifatida qatnashishi edi. Kun sotdi, xammani. Absolyutno.

Kun uzda vijdonli, prinsipli odamlar ham borligini bilaman, balki ularni o‘zlari shokda turgandur xozir. Bu ortingda turgan xalq, seni qo‘llab quvvatlagan blogerlarni yuziga balg‘am bilan tupurvorishday ish bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida birinchi martta katta pretsedent bo‘lishi mumkin edi. Ertaga Joxa birortamizni suvda cho‘kdirvorsa, kun uz xa biz kelishvoganmiz deb balki umuman yozmas ham bu temada.

Do‘stlar, blogerlar biz bu maydonda yolg‘iz qoldik, ammo biz bilan sotilmas prinsiplarimiz bor. Kechagi Yulduz Usmonovadan kun uzni unchalik ham farqi qomadi. Qusgim kelyapti bu ishlarni ko‘rib. Eng sinichniy tarafi shundaki Kun.uzni bayonotidagi "bu masalani ortiq muhokama qilmaslikni so‘raymiz, zero faqat ikki tarafgagina tegishli bu nizo " degan so‘zlar bo‘ldi. Agar bu shunday bo‘lganida, men umuman aralashmagan bo‘lar edim. Bu masala butun O‘zbekiston jurnalistlariga tegishli. Biz sizlarni kunuz bo‘lganingiz uchun himoya qilmadik, jurnalist bo‘lganligingiz uchun gapirdik.

Biz bu masalani gapirishni to‘xtatmaymiz. Yaralangan qush hamon uchmoqda...

Fazilatim kam ila ko‘stim,
Sizga ayon olmoq kerak tan.
O‘zim mergan bo‘lmagach do‘stim,
Kimlarningdur otgan o‘qiman!

XS
SM
MD
LG