Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 12:35

OzodTa'sir: Qiynoqqa solingan oqdaryolik ayol ishini Bosh prokuratura nazoratga oldi


Fermer ukalari tomonidan qiynoqqa solingan Feruza Ubaydullaeva
Fermer ukalari tomonidan qiynoqqa solingan Feruza Ubaydullaeva

Samarqand viloyat, Oqdaryo tumanida yashaydigan Feruza Ubaydullaevaning fermer ukalari tomonidan shafqatsiz kaltaklanib, qiynoqqa solingani haqidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bu holatni o‘z nazoratiga olganini bildirdi.

Feruza Ubaydullaeva 28 dekabr kuni Ozodlikka murojaat qilib, og‘zaki kelishuv asosida yerida ishlagan fermer Ziyodillo O‘roqovning Baxtiyor va Ixtiyor ismli ukalari, uni o‘g‘rilikda ayblab, shafqatsiz qiynoqqa solgani haqida gapirgan va bunga dalil sifatida video taqdim qilgan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining 3 yanvar kuni Ozodlikka xabar qilishicha, Feruza Ubaydullaeva prokuraturaga taqdim qilgan SD-diskda uning qiynoqqa solingani aks etgani Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan:

“Ushbu SD-disk ko‘zdan kechirilganida, haqiqatan unda dala maydonida, qorong‘u sharoitida fuqaro F.U.ni bir nafar shaxs unga jismoniy va ruhiy azob berib, hakoratlab, qiynayotganligi aks ettirilganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu tasvir muqaddam IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan paytda taqdim qilinmagan va uning mavjudligi xususida hech bir ma’lumot berilmagan”.

Bosh prokuratura matbuot xizmati maktubida yozilishicha, Feruza Ubaydullaeva arizasi yuzasidan “25.12.2018 yilda Oqdaryo tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 110-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda".

Feruza Ubaydullaeva Oqdaryo tuman ma’muriy sudi adolatsiz qaror chiqargani, uni o‘g‘rilikda noqonuniy ayblagani hamda uni qiynoqqa solgan shaxslar yengil jazo bilan qutulib qolgani haqida ham Ozodlikka gapirgan edi.

Bosh prokuratura maktubida aytilishicha, ma’muriy sudning qarorini bekor qilish haqida protest kiritilgan:

“Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan Oqdaryo tuman ma’muriy sudining 04.12.2018 yilgi qarori asossiz bo‘lganligi sababli, uni bekor qilib, ishni qo‘shimcha surishtiruvga qaytarish borasida 26.12.2018 yilda Samarqand viloyat ma’muriy sudining kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga protest kiritilgan. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan”.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ham 3 yanvar kuni o‘zining Feysbukdagi sahifasida Feruza Ubaydullaevani sudda himoya qilishi haqida yozdi:

“Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi «Qum ota buva» fermer xo‘jaligi hududida bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan fuqaro F.U.ning murojaati asosida 25.12.2018 yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va avval chiqarilgan ma’muriy sudning qarorini bekor qilish to‘g‘risida prokuratura protesti kiritilganligini ma’lum qilamiz. Mazkur jinoyat ishining sudda ko‘rilishida Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining vakillari jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etishi belgilandi”.

Оқдарëлик аëл фермер уни таҳқирлаганини иддао қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:48 0:00

Ozodlikka 28 dekabr kuni intervyu bergan Feruza, Oqdaryo tumanidagi “Qum ota buva” fermer xo‘jaligi rahbari Ziyodillo O‘roqovning ukalari Ixtiyor va Baxtiyor uni mosh o‘g‘irlaganlikda ayblab, dahshatli qiynoqqa solgani haqida shunday degan edi:

- Ixtiyor degani meni yerga yotqizib, qo‘limni qayirib olib, ustimga tizzasini qo‘yib qiynay boshladi. Ko‘kragimni qo‘llari bilan ezg‘ilab, momataloq qilib tashladi. Boshimga va boshqa joylarimga tepib tashladi. Eng dahshatlisi oldini ochib, anavunisini chiqarib, og‘zingga olasan deb, yomon qiliqlar qildi. Keyin kiyimlarimni yirtib, yechib tashladi. Jon akalar unday qilmanglar, sharmanda qilmanglar deb yalinishimga qaramay, shunday qilishdi. Hatto nomusimga ham tajovuz qilmoqchi bo‘lishdi. Rosa masxara qilib, keyin ustivoshimni kiygizib, qo‘limni va oyog‘imni bog‘lab qo‘yishdi”

Ozodlik voqea rivojini kuzatib boradi.

XS
SM
MD
LG