Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 16:00

Tilab Mahmudov: Rassomlar qizlarning yalang‘och badanimas, qalbini tasvirlasin!


Rassom Yanis Salpinkidi yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ko‘rgazma.
Rassom Yanis Salpinkidi yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ko‘rgazma.

8 dekabr kuni “Xalqaro rassomlar kuni” arafasida 70 yoshga kirgan o‘zbek rassomi Yannis Salpinkidining ko‘rgazmasi Toshkentdagi markaziy ko‘rgazmalar saroyida ochildi. Rassomning ko‘rgazmaga qo‘yilgan yalang‘och ayollar aks etgan asarlari tomoshabinlar orasida munozaraga sabab bo‘ldi.

Rassomning ellik yillik ijodi maxsuli bo‘lgan mingdan ortiq tasviriy san‘at asarlaridan tartib berilgan ko‘rgazma o‘zbek sozandalarining jonli ijrosiga hamohang tarzda ochildi.

Ko‘rgazma ochilishi
Ko‘rgazma ochilishi

Ozodlik bilan suhbatda rassom Yanis Salpinkidi mamlakat va inson manzaralarini chizish vositasida O‘zbekistonga mehr va muhabbatini izhor qilganini ta‘kidladi:

- Mamlakatim manzaralarini ishtiyoq bilan chizaman. Sevimli zaminimizni seva-seva tasvirlayman. Men bu zamindan uzila olmadim. Men aslan yunonman. Yunonistonga ketmoqchi edim, keta olmadim. Go‘zal O‘zbekistonni tashlab ketishga ko‘zim qiymadi. Xozir Chorvoqda kichik bog‘cham bor. O‘sha yerda manzaralarni chizib o‘tiribman. yoshim yetmishda, lekin har kuni rasm chizyapman. Bu yil men tog‘larda besh mingta xolstga manzaralar chizdim. Shahardagi ustaxonamda esa yalang‘och ayollar rasmini chizaman. Yalang‘och ayol ming yil oldin ham go‘zallik timsoli bo‘lgani qadimgi yunonlar san‘atida isbotini topgan. Bu ishim bilan men san‘atga Titsian o‘rnagi bo‘lgan professionalizmni qaytarmoqchiman¸ - deydi rassom.

Ko‘rgazmada
Ko‘rgazmada

Ayni paytda ko‘rgazmaga qo‘yilgan va Yanis Salpinkidi mo‘yqalamiga mansub yalang‘och ayollar tasviri tomoshabinlar orasida munozaraga sabab bo‘ldi.

O‘zbek tasviriy san‘atida yalang‘och ayollar tasviri zehniyatimizga yot, degan fikrlar bildirildi.

Taniqli o‘zbek san‘atshunosi professor Tilab Mahmudov o‘zbek rassomlari qizlarning yalang‘och badanini emas, go‘zal qalbini tasvirlasin, degan fikrni bildirdi:

- Chunki bu bizning dilimizga¸ dinimizga¸ urf-odatimizga to‘g‘ri kelmaydigan narsa. Tasviriy san‘at har bir millatning tarixi¸ taqdiri bugun va kelajagini kuylaydigan san‘at. Nafaqat o‘zbek rangtasvirida, balki teatr spektakllari va filьmlarda ham yalang‘och ayollar aks ettirilmaydi. Rassomlarimiz jahon san‘atidan yalang‘och ayollar rasmlarini ko‘rib o‘rganishi mumkin. Lekin ko‘rish boshqa ko‘rsatish boshqa. Rassomlar ayollarimizning yalang‘och qaddi-qomatini emas, qalbini ko‘rsatishi kerak¸ - deydi taniqli o‘zbek san‘atshunosi, professor Tilab Mahmudov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:05 0:00
Бевосита линк

Andijonlik o‘zbek rassomi No‘‘mon Xolmirzayev bu fikrga qo‘shilmaydi. Suhbatdoshga ko‘ra¸ Salpinkidi asarlarida aks etgan bo‘liq gavdali yalang‘och ayollar tasviri O‘zbekistondagi milliy voqelikka va tasviriy haqiqatga zid emas:

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar

- O‘zbek rassomlari yalang‘och ayolni chizmasin deb qaralmasligi kerak. Yanis Salpinkidi asarlari misolida gapirsak, ayol qomatining qanday go‘zal tasvirlaganini ko‘ramiz. Ayol shunday go‘zal yaratilganiga bo‘lgan hurmat va qaddi-qomat go‘zalligiga bo‘lgan qiziqishni ko‘ramiz. Yanis Salpinkidi yaratgan “O‘tloqdagi uch yalang‘och sohibjamol” asari qanday mukammal ishlangan. Rassomlar ayollarni kiyimsiz chizmasin degan gap kalta o‘ylagan odamlarninig noto‘g‘ri fikri¸ - deydi suhbatdosh.

O‘tgan yili O‘zbekistondagi rassomlik kollejlarida shu kunlarda talabalar yalang‘och natura (yalang‘och tarzda o‘tirgan ayol yoki erkakning tirigiga qarab-tahr.) rasmini chizish mashg‘ulotlari bekor qilingan.

Yalang‘och natura darslari O‘zbekistondan tashqari Eron va Pokistondagi san‘at maktablarida ham taqiqlab qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG