Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:54

19 milliard dollarga sotilgan WhatsApp'ni kelajakda nima kutmoqda?


Facebook shirkati WhatsApp messenjerini 19 milliard AQSh dollariga sotib olgani haqida elon qildi. O'zbekistonlik foydalanuvchilar orasidan ancha mashhur bo'lgan ushbu xizmatning dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq qo'liga o'tishi undagi qanday o'zgarishlarga olib kelishi mumkin?

Ozodlik radiosining zamonaviy texnologiyalar bo'yicha tahlilchilari rekord narxga sotilgan WhatsApp kelajagini shunday bashorat qiladi:

1. Hozirda WhatsApp'da 400 milliondan ortiq foydalanuvchi bor. Kuniga kamida 1 million yangi foydalanuvchi qo'shilmoqda. Yangi foydalanuvchilar soni tez oraga 1 milliard odamdan oshadi.

2. WhatsApp dasturining sifati oshadi. Shu bugungi kungacha WhatsApp'da atigi 50 kishi ishlagan. Kelajakda esa Whatsapp xodimlari soni 300 kishidan oshadi.

3. WhatsApp dasturi tezlashadi. Kamchiliklari bartaraf etiladi. Facebook va Instagram bilan bog'lab qo'yiladi. Yani endi siz WhatsApp orqali oladigan foto videolarni to'g'ri Facebook yoki Instagram'ga joylashtira olasiz.

4. WhatsApp savdo tarmog'ida mijozlar bilan muloqot vositasiga aylanadi.

5. WhatsApp mobil dastur bo'lib qoladi, ammo bu dastur iPad va Android planshetlariga ham o'rnatiladigan bo'ladi.

6. WhatsApp o'z raqobatchilari Telegram, WeChat va Viber dasturlarini juda ortda qoldiradi.

7. WhatsApp'da reklama paydo bo'lishi mumkin.

8. WhatsApp'da ayrim pullik hizmatlar joriy etiladi, ammo asosan hozir ishlatayotganimiz funksiyalar bepul qoladi.

9. WhatsApp va Facebook'dagi kontaktlarni sinxronlash funksiyasi joriy etiladi. Misol: Siz Facebook'dagi barcha do'stlaringizni WhatsApp'ga yoki WhatsApp'dagi kontaktlaringizni Facebook'ga tashlashingiz mumkin bo'ladi.

10. Unutmang WhatsApp 19 milliard dollarga sotib olingan va uni shu pulga olgan 29 yoshli milliarder, genial Facebook ixtirochisi Mark Zukerberg undan-da ko'proq pul qilish niyatida.

Mobil dasturlar oldi-sotti tarixida bunaqasi bo'lmagan.

Aziz mushtariy, WhatsApp kelajagi haqida nima deb oylaysiz?
XS
SM
MD
LG